8 Iyun 2021 1593

Hikmatilloh To‘rayev va Shukurjon Aminovaga muxlislik qilamiz

Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kun bellashuvlari davom etadi. Unda erkaklar -73 kg, ayollar -57 kg vazn toifalarida bahs olib borishadi.

Hamyurtlarimizdan Hikmatilloh To‘rayev musobaqani isroillik Oron Ginerga qarshi bahs bilan boshlaydi. Shukurjon Aminova esa polshalik Yuliya Kovalchikka qarshi tatamiga chiqadi. Bo‘lajak bellashuvlarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech