8 Iyun 2021 1672

Dinoraxon Mamadibragimovani tabriklaymiz

Bugun taniqli taekvondochimiz Dinoraxon Mamadibragimova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Dinoraxon Mamadibragimova 1997-yil 8-iyun kuni Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2017-yil Janubiy Koreyaning Muju shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida -53 kg vazn toifasining bronza medali sohibi bo‘ldi. Mamadibragimova hozircha jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan yagona taekvondochi qizimiz bo‘lib turibdi. 2019-yil Butunjahon harbiylar o‘yinlarida finalgacha yetib borgan. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Dinoraxon Mamadibragimovani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech