7 Dekabr 2023 535

Konkur ustalari yana maydonda

“Universal Horses Stable” majmuasi konkur boʻyicha “Uzbekistan Global Tour 2023" musobaqasining toʻqqizinchi bosqichini oʻzida qabul qildi. Bu galgi bahslarda Oʻzbekiston va Belarus sportchilari olti yoʻnalishda gʻoliblik uchun kurash olib bordilar.

Turnir davomida gʻolib va sovrindorlar oʻzlari uchun qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarishga muvaffaq boʻlishdi. Qiziqarli kurashlarga boy boʻlgan mazkur bosqichda Oqil Sobirjonov (“Apachi” laqabli tulporda) “F” (110 sm, toʻsiq balandligi), Sofiya Tashmatova (“Flayt”) “С” (115 sm), Saidamirxon Turgʻunboyev (“Kurt ВС”) “E” (120 sm), Humoyun Abdullayev (“Svit end Saur”) “В” (125-130 sm), Sergey Antonovich (“Affir” hamda “Kausar”) “D” (135 sm) va “A” (150 sm) toifalarida bosh sovringa ega chiqishdi.

Text to speech