7 Dekabr 2023 580

Diyorimizning eng kuchli dzyudochilari Toshkentda jam boʻlishdi

Yurtimizning eng kuchli dzyudochilari Oʻzbekiston chempionligi uchun bahslarga kirishdi. “Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilayotgan bu yilgi mamlakat birinchiligida 564 nafar dzyudochi kurash olib bormoqda. Asosiy terma jamoa uchun kuchli zaxira sportchilarini saralab berayotgan musobaqaning birinchi kunida yengil vazn toifalaridagi sportchilar oʻzaro bellashishdi. Katta hayajon va shiddatli kurashlar ostida kechgan kunning gʻolib va sovrindorlari bilan tanishing:

Erkaklar, -60 kg:
1. Doston Roʻziyev
2. Kamoliddin Baxtiyorov
3. Anvar Ibrohimov
3. Imomaddin Karimov

-66 kg:
1. Abdurahim Nutfullayev
2. Bobur Vadjijev
3. Dilshod Yoʻldoshev
3. Zamaxshariy Bekmurodov

Ayollar, -48 kg:
1. Ulbusin Hakimova
2. Sevinch Murodova
3. Durdona Ergashboyeva
3. Marjona Salohitdinova

-52 kg:
1. Gulhayo Joʻrayeva
2. Sitora Elmurodova
3. Zuhra Maʼmirjonova
3. Muhayyo Ahmatova

Text to speech