6 Dekabr 2023 575

Qilichbozlarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etishadi

7-9 dekabr kunlari Fransiyaning Orlean shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Gran-pri turniri, 8-9 dekabr sanalarida esa Serbiyaning Novi-Sad shahrida rapira bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari mazkur musobaqalarda ishtirok etadi.

Sablyachi yigitlarimizdan Musa Aymuratov hamda Sherzod Mamutov, qizlarimizdan Zaynab Dayibekova Fransiyaga yo‘l oldi. Serbiya turnirida esa Umida Ilyasova yurtimiz sharafini himoya qiladi. Qayd etish joiz, mazkur musobaqalar Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim etadi.

Text to speech