4 Dekabr 2023 612

“Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining yana bir bosqichi ortda qoldi

Toshkentdagi “Universal Horses Stable” ot sporti majmuasida konkur boʻyicha “Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining 8-bosqichi oʻtkazildi. Bu galgi bellashuvlarda ham Qirgʻiziston, Belarus va Oʻzbekiston terma jamoalarining iqtidorli chavandozlari ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida Abdushukur Sobirjonov (“Fortes De Myuz” laqabli otda) “F” (105 sm, toʻsiq balandligi), Firdavsbek Davronbekov (“Bakarboni Dji”) “С” (115 sm, yosh otlar), Saidamirxon Turgʻunboyev (“Kurt ВС”) “Е” (115 sm), Humoyun Abdullayev (“Svit end Saur) “В” (125-130 sm), Oqil Sobirjonov (“Sidney Jekson”) “D” (130 sm), Aʼzam Tillaboyev (“Bozart De Ruet”) esa “A” (145 sm) toifasida kechgan bahslarda gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Text to speech