26 Noyabr 2023 527

Parij-2024 litsenziatlari: Taxmina Ikromova maxsus dastur asosida tayyorgarlik koʻrmoqda

Avgust oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi uchun ilk lisenziyasiga sazovor bo‘ldi. Shubhasiz, bu xushxabar barcha muxlislarni xursand qildi. Ispaniyada 60 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan 80 nafardan ziyod sportchi qatnashgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida Taxmina Ikromova hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib Olimpiada yo’llanmasiga ega chiqdi.

Bundan tashqari Taxmina Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida qit’amizda tengsiz ekanini yana bir karra isbotladi. Ayni damda sportchimiz shaxsiy murabbiyi bilan reja asosida Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik olib bormoqda.

Text to speech