4 Noyabr 2023 157

2023-yilning III choragida MOQ uchun ajratilgan mablagʻlar boʻyicha maʼlumot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

2023-yilning III choragi davomida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan 21 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablagʻlardan mahalliy hamda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari uchun 43 759.2 mln soʻm miqdorida mablagʻ moliyalashtirildi.

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar ham moliyalashtirildi.

2023-yil III chorak

Text to speech