30 May 2021 1703

Dmitriy Shokinni tabriklaymiz!

Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dmitriy Shokin tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Dmitriy Aleksandrovich Shokin 1992 yil 30 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U taekvondo WT bo‘yicha mustaqil O‘zbekiston tarixida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan (2015 yil) ilk va yagona sportchimiz hisoblanadi. Shokin 2016 yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Ikki karra Osiyo o‘yinlari finalchisi va ko‘p karra qit’a chempioni.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Dmitriy Shokinni bugungi tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi va unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech