28 May 2021 2207

O‘zbekiston U21 jamoasi Ukrainadagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Ukrainada Valeriy Lobanovskiy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston U21 jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Temur Kapadze shogirdlari dastlabki bellashuvda Ozarbayjon yoshlarini 1:0 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda ukrainalik yoshlardan ustun kelishdi. Biroz avval yakunlangan bellashuvda jamoamiz mezbonlarni 2:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Gollarga Jasur Jaloliddinov va Husayn Norchayev mualliflik qilishdi.

Valeriy Lobanovskiy xotira turniri
O‘zbekiston U21 – Ozarbayjon U21 2:0
Gollar: Jasur Jaloliddinov 41‘, Husayn Norchayev 63‘.

Ahamiyatlisi, har ikki o‘yinda zaxiradan tushib gol urgan Jasur Jaloliddinov musobaqa to‘purariga aylandi. Eslatib o‘tamiz, aynan ushbu jamoa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Text to speech