28 May 2021 1741

Safina Sadullayeva Tokio-2020 Olimpiada normativini bajardi

Poytaxtimizda start olgan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi kungi bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Biroz avval hamyurtimiz Safina Sadullayeva balandlikka sakrash yo‘nalishida Tokio-2020 normativini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu yo‘nalishda ayollar toifasining normativi 1.96 metrni tashkil etar edi. Safina Sadullayeva bugun tajriba bobida o‘zidan ustunroq bo‘lgan Svetlana Radzivil, Nadiya Dusanova kabi jamoadoshlaridan ustun keldi va musobaqa g‘olibligi qatori Olimpiada yo‘llanmasini deyarli naqd qildi.

O‘zbekiston ochiq chempionati.
Balandlikka sakrash, ayollar:

1. Safina Sadullayeva (O‘zbekiston) – 1.96 metr
2. Nadiya Dusanova (O‘zbekiston) – 1.87
3. Svetlana Radzivil (O‘zbekiston) – 1.87

Text to speech