28 May 2021 1712

Denis Istomin “Roland Garros”ning asosiy davrasiga yo‘l oldi

Yurtimizning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin tennis bo‘yicha Fransiya ochiq chempionati – “Roland Garros-2021” musobaqasining asosiy davrasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz germaniyalik Tobias Kamkega qarshi kechgan uchinchi saralash o‘yinini ham muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 2 set davom etgan bahs 6:4, 7:6 hisoblarida yakunlandi. O‘yin davomida Istominning 4 ta eys zarbasiga raqib birorta ham javob qaytara olmadi. Asosiysi, Denis raqibi yo‘l qo‘ygan 9 ta qo‘shxatoni takrorlamadi.

Hamyurtimizga asosiy davra bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok tilab qolamiz.

Text to speech