27 May 2021 1793

O‘smirlar Olimpiadasi uchun revansh olindi yoxud shohsupada ikki o‘zbek polvoni

Poytaxtimizda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ikki nafar vakilimiz shohsupaga ko‘tarildi.

Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasi kumush medal sohibi Muhammadqodir Toshtemirov mazkur musobaqada 343 kg natija qayd etib, g‘alabaga asosiy daʼvogar ekanligini amalda ko‘rsatib berdi. Murosasiz bellashuvda vakilimiz eng yaqin taʼqibchisi, Argentinada atigi 1 kg farq bilan undan ustun kelgan armanistonlik Karen Margaryandan bu gal naqd 16 kg ilgarlab ketdi va o‘smirlar Olimpiadasi uchun munosib revansh oldi. Margaryanga 1 kg imkoniyatni boy bergan boshqa bir yosh vakilimiz Hojiakbar Olimov esa shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Yoshlar o‘rtasida JCH
Yigitlar, -81 kg:
1. Muhammadqodir Toshtemirov (O‘zbekiston) – 343 (161+182) kg;
2. Karen Margaryan (Armaniston) – 327 (152+175) kg;
3. Hojiakbar Olimov (O‘zbekiston) – 326 (150+176) kg.

Text to speech