27 May 2021 1703

Para-dzyudochilarimiz Boku Gran-prisini umumajmoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunlashdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida para-dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Gran-Pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning dastlabki kunida 5 ta medalga sazovor bo‘lgan para-dzyudochilarimiz ikkinchi kun dasturida yana 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida Davurxon Karomatov va +100 kg vazn toifasida Shirin Sharipov oltin, -100 kg vazn toifasida Sulaymon Alayev hamda Sharif Halilov bronza medallariga ega chiqishdi.

Gran-Pri yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston para-dzyudo terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan 38 ta mamlakat orasida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Dastlabki kungi bahslarda ayollar o‘rtasida Lobar Xurramova (-48 kg), Sevinch Salayeva (-52 kg) va Parvina Samandarova (-57), erkaklar o‘rtasida Sherzod Namozov (-60 kg) va O‘tkir Nig‘matov (-66 kg) kumush medalga sazovor bo‘lishgandi. -66 kg vazn toifasida tatamiga ko‘tarilgan vakilimiz Uchqun Quranbayev esa bronza bilan taqdirlangan.

Text to speech