27 May 2021 1718

Suzuvchilarimiz Armanistonda navbatdagi yig‘inni boshladi

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida ham Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga bir nechta yo‘llanma mavjud. Kecha kechqurun terma jamoamiz Armaniston yig‘iniga uchib ketdi.

Hozirda jamoamiz yig‘in o‘tkaziladigan shaharga yetib borgan. “Saxkadzor” bazasida o‘tadigan yig‘in 18 iyungacha davom etadi. Bu orqali jamoamizni nafaqat Tokio-2020 Olimpiadasi, balki Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorlash ham ko‘zda tutilgan.

Saxkadzor shaharchasi Armanistonning tog‘li hududlaridan biri bo‘lib, zamonaviy sport obyektlariga ega kurort joy hisoblanadi. Tog‘li hududda o‘tadigan mashg‘ulotlar esa Olimpiada oldidan litsenziat sportchilarimiz uchun ayni muddao bo‘lishi tabiiy.

Yig‘inga quyidagi sportchilar jalb qilingan:

Xurshidjon Tursunov
Vladislav Mustafin
Eldorbek Usmonov
Yegor Petryakov
Iskandar Saʼdullayev
Adilbek Yusupbayev
Ulyana Nazmudinova

Text to speech