26 Sentyabr 2023 579

Xanchjou-2022: Bobonov, Toʻraboyev va Qurbonboyeva yarim finalda

Dzyudo bellashuvlarida saralash bahslari hal qiluvchi pallaga kirdi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar vakili yarim final bosqichiga yetib keldi.

Yana sanoqli daqiqalardan soʻng Davlat Bobonov (-90 kg), Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) hamda Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg) yarim finalda kurash olib borishadi. Final yoʻllanmasi uchun tatamiga chiqqan Alisher Yusupov (+100 kg) esa BAA vakili Magomedomar Magomedomarovga imkoniyatni boy berib qoʻydi va kechki dasturda bronza medali uchun bahs olib boradigan boʻldi.

Text to speech