26 Sentyabr 2023 651

Xanchjou-2022: Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirovadan kumush medal!

Oʻzbekiston delegatsiyasi bugungi kun hisobidan ilk medalni qoʻlga kiritdi. 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish boʻyicha aralash jamoaviy dasturda ishtirok etgan Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova juftligi kumush medalni qoʻlga kiritdi. Saralashdan ikkinchi natija bilan oʻtgan merganlarimiz oltin medal uchun kechgan bahsda xitoylik juftlikka imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Text to speech