26 May 2021 2067

Anvar Ilyasovni tabriklaymiz!

Bugun o‘zbek sporti oilasining taniqli vakillaridan biri, O‘zbekiston MOQning yaqin hamkori, professional fotograf Anvar Ilyasov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Anvar Ilyasov 1964 yil 26 may kuni dunyoga kelgan. Professional fotograf sifatida delegatsiyamiz bilan 5 ta yozgi Olimpiya o‘yinlarida (Sidney-2000, Afina-2004, Pekin-2008, London-2012, Rio-2016), shuningdek, 5 ta Osiyo o‘yinlari (Pusan-2002, Doxa-2006, Guanchjou-2010, Incheon-2014, Jakarta-2018), Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasi, sport kurashlari, (Toshkent-2014, Nur-Sultan-2019), boks (Olma-ota-2013), dzyudo (Parij-2011) bo‘yicha jahon chempionatlarida, 2018 yil Rossiya yashil maydonlarida o‘tgan futbol mundialida ham ishlagan.

Atletlarimizning ana shunday yirik musobaqalardagi eng yorqin lahzalari muhrlangan suratlarning aksariyati ushbu fotograf ijodiga mansub. Anvar Ilyasov 2015 yil “Oltin qalam” Milliy mukofotida eng yaxshi fotograf nominatsiyada g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, o‘sha yili Rossiyada o‘tgan “Energiya Pobed-2015” xalqaro tanlovida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2016 yil FILA (hozirgi UWW) tashkilotining maxsus sovriniga loyiq ko‘rilgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Anvar Ilyasovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech