18 Sentyabr 2023 908

Javrail Shapiyev Parij-2024 Olimpiadasi yo’llanmasiga ega chiqdi

Serbiyada o’tayotgan sport kurashlari bo’yicha jahon chempionatining ushbu kuni O’zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Unda hamyurtimiz Javrail Shapiyev (-86 kg) Parij-2024 Olimpiadasi yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Polvonimiz bronza medali uchun kechgan bahsda San-Marino vakiliga imkoniyatni bor berdi. Biroq Olimpiada yo’llanmasi uchun tashkil etilgan bellashuvda Bahrayn sportchisidan ustun kelib, faoliyatida ikkinchi bor 4 yillikning muhim startiga yo’l oldi.

Text to speech