19 May 2021 1883

Avazjon Karimovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Qudratillayevich Karimov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Avazjon Karimov 1983-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy maʼlumotli, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2016-yilda esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006-yilda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasida boshlab, shu paytgacha Sportning qishki va murakkab texnik turlari va Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori, Respublika OZKda turli rahbarlik lavozimlarda ishlagan.

2020-yil 12-oktyabrda Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari, 2021-yilning 9-aprelidan esa Turizm va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Avazjon Qudratullayevich sportning quyi bo‘g‘inidan to vazir o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Avazjon Qudratillayevichni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech