19 May 2021 1801

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun BAAga yo‘l olishdi

21-31 may kunlari BAAda boks bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bugun erta tongda terma jamoamiz Dubay shahriga uchib ketdi.

Jamoamiz musobaqada to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Marat Qurbonov erkaklar, Lochin Qo‘chqorov esa ayollar jamoasidan iborat hozirgi eng optimal tarkibni saralab oldi. Musobaqada ishtirok etuvchi tarkibimiz bilan tanishing:

Erkaklar:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Abdumalik Xalakov
-64 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov.

Ayollar:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-54 kg: Sitora Shagdarova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-64 kg: Mohinabonu Abdullayeva
-69 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Mavluda Mavlonova
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova
+81 kg: Mohira Abdullayeva.

 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bokschilarimizga bo‘lajak musobaqada omad tilaydi!

Text to speech