28 Iyul 2023 558

Voleybolchilarimiz ilk bor jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritishdi

Toshkent mezbonlik qilayotgan o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionatidan xushxabar. O’zbekiston terma jamoasi yarim finalda Pokistonni mag’lub etib, final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Qiziqarli bahs hamyurtlarimizning 3:1 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi. Qayd etish joiz, ushbu g’alaba final bilan bir qatorda voleybolchilarimizga kelasi yil bo’lib o’tadigan jahon chempionati yo’llanmasini ham taqdim etdi. Shu paytgacha hech bir yosh toifasidagi jamoamiz qit’a birinchiligi finali va mundialga yo’l olmagan edi.

Endi jamoamiz ertaga Eronga qarshi chempionlik uchun maydonga tushadi.

Text to speech