15 May 2021 1727

Xabarovsk turnirini sakkizta medal bilan tugatdik

Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha Sobiq Ittifoq qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakuniga yetdi. “A klass” toifasiga kiruvchi musobaqada 19 mamlakat bokschilari qatorida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham qatnashishdi.

O‘zbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, musobaqa yakuniga ko‘ra, yigitlarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:

-52 kg: Mironshoh Ibragimov

-60 kg: Xurshid Rasuljonov

-63 kg: Mujibillo Tursunov

+91 kg: Lazizbek Mullajonov

Kumush:

-91 kg: Madiyar Saidrahimov

Bronza:

-49 kg: Sohib Sodiqjonov

-69 kg: Jahongir Rahmonov

-81 kg: Suhrob Qayumov.

Text to speech