27 Iyul 2023 538

Bugungi kun ham qilichbozlarimiz uchun omadsiz yakunlandi

Qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari uchun yakunlandi. Yakkalik bahslarida 1/32 finalda maydonga chiqqan sablyachi Gulistan Perdibayeva hamda rapirachi Doniyor Saʼdullayev ilk jangdayoq magʻlubiyatga uchrashdi. Jamoaviy dasturda esa shpagachi qizlarimiz va sablyachi yigitlarimiz 1/16 finalda janubiy koreyalik qilichbozlarga imkoniyatni boy berishdi.

1/32 final: Gulistan Perdibayeva – Misaki Emura (Yaponiya) 9:15
1/32 final: Doniyor Saʼdullayev – Xa Taye-Gu (Janubiy Koreya) 5:15

1/32 final, jamoaviy shpaga: Oʻzbekiston – Kosta-Rika 45:22
1/16 final, jamoaviy shpaga: Oʻzbekiston – Janubiy Koreya 32:45

1/32 final, jamoaviy sablya: Oʻzbekiston – Irlandiya 45:26
1/16 final, jamoaviy sablya: Oʻzbekiston – Janubiy Koreya 28:45

Text to speech