27 Iyul 2023 645

Chavandozlarimiz Parij-2024 yo‘llanmalari uchun bahslarga kirishishmoqda

27-30-iyul kunlari Chexiyada ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSOI 4* tasnifidagi xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi. Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Praga shahri mezbonlik qilayotgan bellashuvlarda 22 mamlakatdan 100 nafardan ziyod mohir chavandoz bahs olib boradi. Unda yurtimiz sharafini Bahromjon Gaziyev, Bekzod Qurbonov, Umid Kamilov, Nurjan Tuyakbayev va Abdurahmon Abdullayev himoya qilishadi. Har bir sportchimiz 2 tadan otda oʻz chiqishlarini namoyish etadilar. Reglamentga koʻra, musobaqa yakunida eng yuqori oʻrinni egallagan 2 jamoa Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Hamyurtlarimizga boʻlajak bahslarda omad tilaymiz.

Text to speech