Ushbu inson uzoq vaqtdan beri o‘zbek sporti rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Xususan, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va MMA assotsiatsiyasiga rahbarlik qilgan kezlarida yurtimizda ushbu sport turlari, xususan, ommaviy sport targ‘ibotini yangi bosqichga olib chiqdi. Zero, Toshkentda ilk bor mazkur yo‘nalish bo‘yicha GFC-20 turniri va O‘zbekiston chempionatining o‘tkazilishi mazkur fikrning isbotiga yaqqol dalil bo‘la oladi. Umid qilamizki, ushbu insonning tashabbusi bilan mamlakatimiz sporti, Markaziy Osiyoda Olimpiya harakati targ‘iboti yana-da kuchayadi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Otabek Umarovni tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.