24 Iyul 2023 642

Bugun sakkiz nafar qilichbozimiz jang qiladi

Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Umida Ilyasova (rapira) hamda Javohir Nurmatov (shpaga) saralashdan muvaffaqiyatli oʻtishdi. Bugun erkaklar rapira, ayollar sablya qurollarida saralash bahslarini olib borishadi. Mazkur dasturlarda qatnashadigan tarkibimizni yana bir bor eslatib oʻtamiz:

Ayollar, sablya: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Paola Pliyego, Fernanda Errera;

Erkaklar, rapira: Muhammad Yusuf Asranov, Ahmadilloxon Solihojiyev, Ilyas Molina, Doniyor Saʼdullayev.

Text to speech