24 Iyul 2023 611

Yosh voleybolchilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etishmoqda

Toshkentda voleybol boʻyicha U-16 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Yigitlar oʻrtasida tashkil etilayotgan musobaqada bugun guruh bosqichi yakunlanib, pley-off bosqichi ishtirokchilari aniqlanadi.

Hamyurtlarimiz ilk uchrashuvni Gonkong jamoasiga qarshi oʻtkazib, 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Qayd etish joiz, jamoamiz ishtirok etayotgan “A” guruhidan 3 ta jamoa oʻrin olgan. Bugun voleybolchilarimiz guruh peshqadamligi uchun soʻnggi turda qozogʻistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishadi. Oʻyinlar “Yunusobod sport majmuasi” hamda “Universal” arenalarida oʻtkazilmoqda.

Text to speech