23 Iyul 2023 621

Koziyevadan yana bir medal

Italiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan velosportchilarimizdan yana bir xushxabar. Venetsiya viloyatida o’tgan  shosse yo’nalishidagi turnirda hamyurtimiz Nafosat Koziyeva shohsupaga ko’tarildi. 94,77 km masofaga kechgan “SAN GABRIEL GOLD RACE - 2° TROFEO RENZO TONON” poygasida yurtdoshimiz marra chizig’ini ikkinchi bo’lib kesib o’tdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

1. Silvia Zanardi - (Italiya) 
2. Nafosat Koziyeva - (O’zbekiston) 
3. Eliza Devallier - (Italiya)

Text to speech