14 May 2021 2039

Yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqaning birinchi kun g‘oliblari bilan tanishing

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha xalqaro xotira turniri start oldi. Reglamentga ko‘ra, bugun uzunlik va balandlikka sakrash, 100 metrga yugurish, disk va nayza uloqtirish kabi qiziqarli yo‘nalishlarda bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Kutilganidek, ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bahsida Svetlana Radzivil (1.90 m), uzunlikka sakrashda esa Darya Reznichenko (6.64 m) g‘alaba qozondi. Dusanova bu gal 1.85 metr bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ko‘pkurashchimiz Yekaterina Voronina 100 metrga to‘siqlar osha yugurish sektorida o‘z omadini sinab ko‘rdi va uchinchi natijani qayd etdi.

Barcha yo‘nalish g‘olib va sovrindorlari, ularning ko‘rsatkichlari bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting:

Musobaqaning taqdirlash marosimida MOQ rahbariyati ham ishtirok etib, atletlarning navbatdagi g‘alabasi bilan muborakbod etib qoldi.

Text to speech