15 Iyul 2023 922

Yekaterina Voronina uch karra Osiyo chempioni!


Tailandda oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Ayollar oʻrtasida koʻpkurash yoʻnalishida ishtirok etgan Yekaterina Voronina oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Yurtdoshimiz 100 metrga toʻsiqlar osha yugurish dasturida 14.62 soniya (892 ochko), balandlikka sakrashda 1.77 metr (941), yadro uloqtirishda 13.19 metr (740), 200 metrga yugurishda 25.13 soniya (875), uzunlikka sakrashda 6.07 metr (871), nayza uloqtirishda 51.87 metr (896) va 800 metrga yugurishda 2:15:68 daqiqa (883) qayd etib, jami 6098 ochko jamgʻarishga erishdi. Gʻolib va sovrindorlar:

1. Yekaterina Voronina (Oʻzbekiston) – 6098
2. Svapna Barman (Hindiston) – 5840
3. Yuki Yamasaki (Yaponiya) – 5696

Text to speech