13 Iyul 2023 684

Bokschilarimiz Yaponiya, Vyetnam va Rossiya jamoalari bilan shugʻullanishmoqda

Shu kunlarda Toshkent viloyati Yangiobod shaharchasida boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarining oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazilmoqda. 5-iyul kuni boshlangan yigʻinga ayni paytda Yaponiya, Vyetnam va Rossiya mamlakatlaridan ham bokschilar qoʻshilishgan.

Yigʻin davomida xorijlik bokschilar bilan sparring janglari ham tashkil etilmoqda. Qayd etish joiz, ushbu yigʻin terma jamoalarga Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini oʻtab beradi. Mashgʻulotlar 20-iyulga qadar davom etadi.

Text to speech