13 Iyul 2023 751

Samira Abzalova final bosqichida medallar uchun kurashadi

Misrning Iskandariya shahrida oʻtkazilayotgan zamonaviy beshkurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan xushxabar. Qizlar toifasidagi bahslarda ishtirok etgan yurtdoshimiz Samira Abzalova saralashdan muvaffaqiyatli oʻtib, final bosqichiga yoʻl oldi.

“A” guruhidagi kvalifikatsiyada ishtirok etgan Abzalova qilichbozlik va toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishlarida 250 ochkodan, suzish dasturida 243 hamda lazer-ran yoʻnalishida 484, jami 1227 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Bu “В” guruhi vakillari bilan hisoblaganda, umumiy saralash bosqichidagi toʻrtinchi natija.

Endi Samira Abzalova 15-iyul kuni final bosqichida medallar uchun kurash olib boradi. Afsuski, ushbu guruhda Kira Soyning jamgʻargan 810 ochkosi saralashdan oʻtish uchun yetarli boʻlmadi.

Text to speech