8 Iyul 2023 2378

Shayx Talal Al Faxad Al Sabax OOK prezidenti etib saylandi

Ayni daqiqalarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 62-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirning kun tartibidan qitʼamiz sporti uchun muhim va istiqbolli rejalar, loyihalarni muhokama qilinish barobarida tashkilotga yangi rahbar, shuningdek, mintaqalar bo‘yicha vitse-prezidentlar saylash masalasi ham o‘rin olgan. 

Ovoz berish jarayoni yakuniga ko‘ra, Shayx Talal Al Faxad Al Sabax Osiyo Olimpiya kengashining prezidenti etib saylandi. Shuningdek, g‘arbiy mintaqa uchun Tani ibn Abdulrahmon Al Quvari (Qatar), sharqiy mintaqa uchun Timoti Fok (Gonkong), janubi-sharqiy mintaqa uchun Seri Sirivat (Tailand), janubiy mintaqa uchun Sed Arif Hasan (Pokiston), Markaziy Osiyo mintaqasi uchun Timur Kulibayev (Qozog‘iston) nomzodlari tashkilot vitse-prezidentligiga tasdiqlandi. 

Maʼlumot uchun, OOKning shakllantirilgan ushbu rahbariyati kelgusi 4 yil davomida tashkilotni boshqaradi. Hamyurtimiz Otabek Umarov esa “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlari bo‘yicha OOK vitse-prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Bosh Assambleya davomida OOKning turli bo‘limlari va qo‘mitalariga ham rahbarlar saylanadi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining vakillari ham ishtirok etishmoqda.

Text to speech