13 May 2021
2425
Bayram doirasida bir guruh faxriylar holidan xabar olindi
Hayit ayyomlarida keksalar holidan xabar olish o‘zbek xalqining ezgu fazilatlaridan biri. O‘zbekiston sport faxriylari kengashi Ramazon hayiti munosabati bilan bir guruh sport faxriylari holidan xabar oldi.
Kengash raisi Bahodir Maxsitov boshchiligidagi vakillar Elmar Aminov, Suhbat Po‘latov, Zinaida Bondarenko, Svetlana Kuznetsova, Anela Malkina, Margarita Butuzova, Muhabbat Bayfkuziyeva, Rahmonberdi Ahmedov kabi uzoq yillar davomida turli yo‘nalishlarda o‘zbek sporti rivojiga hissa qo‘shgan fidoyilarimiz holidan xabar olib, ular uchun ajratilgan moddiy mablag‘larni yetkazib berishdi.
O‘z navbatida, faxriylarimiz hukumatimizning bunday eʼtiboridan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtboshimiz va osoyishta hayotimiz haqqiga duo qilib qolishdi.