4 Iyul 2023 952

Karatechilarimiz Qirg‘iziston yig‘inida

Ayni kunlarda karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Qirgʻizistonda boʻlib turibdi. Hamyurtlarimiz u yerda mahalliy sportchilar bilan oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etishdi.

10 kun davom etgan mashgʻulotlardan soʻng endi sportchilarimiz “Issyk-kul Open” xalqaro musobaqasida qatnashishadi. Mazkur turnirda Qirgʻiziston, Rossiya va Oʻzbekiston terma jamoalari bahs olib boradi. Qayd etish joiz, ushbu yigʻin va musobaqa terma jamoamizning Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Text to speech