3 Iyul 2023 807

Axbor Imomxoʻjayev xotira turniri start olmoqda

2-iyul – Xalqaro sport jurnalistlari kuni munosabati bilan Oʻzbekistonda sport jurnalistikasiga tamal toshini qoʻygan mutaxassis Axbor Imomxoʻjayev xotirasiga bagʻishlangan futbol turniri tashkil etilmoqda.

Turnirda 8 ta jamoa ikki guruhga boʻlingan holda kurash olib boradi. Faxriylar yoʻnalishida “Paxtakor” faxriylari, “Tong” faxriylar jamoasi, faxriy jurnalistlardan tashkil topgan “Jurnalist” jamoasi hamda OʻFA faxriylar jamoasi oʻzaro bir martadan toʻqnash keladi. Yoshlar yoʻnalishida esa futbol sharhlovchilaridan iborat “Sharhlovchi” jamoasi, Championat.asia, Sports.uz jamoalari, shuningdek, Axbor Imomxoʻjayevning farzandlari hamda nabiralaridan tashkil topgan “Sulola” jamoasi maydonga tushadi.

6-iyul kuni har bir yoʻnalish gʻoliblari, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar oʻzaro hal qiluvchi bellashuvlarda ishtirok etadi. Musobaqa 3-6-iyul kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonida boʻlib oʻtadi.

Text to speech