2 Iyul 2023 802

“Yelorda kubogi”ni yettita medal bilan yakunladik

Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha “Yelorda kubogi” o‘z yakuniga yetdi. Dunyoning ko‘plab terma jamoalari yetakchi sportchilari bilan qatnashgan musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bokschilarimiz orasida Dilshod Abdumurodov (-60 kg), Havasbek Asadullayev (-71 kg) va Jahongir Zokirov (+92 kg) o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Batafsil:

 Oltin medal:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-71 kg: Havasbek Asadullayev
+92 kg: Jahongir Zokirov

 Kumush medal:
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

 Bronza medal:
-51 kg: Asilbek Jalilov
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-92 kg: Nusratbek Tohirov

Text to speech