11 May 2021 1785

Og‘ir atletikachilarimizning Vladivostok yig‘ini davom etmoqda

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Jamoamiz murabbiylar shtabining rejasi bo‘yicha shug‘ullanishda davom etmoqda.

Vladivostok yig‘ini 23 mayga qadar olib boriladi. Hozirda vakillarimiz umumiy jismoniy tayyorgarlik ustida shug‘ullanishmoqda. Taʼkidlash joiz, ushbu shahar iqlim va vaqt mintaqasi bo‘yicha bo‘lajak Olimpiada mezboni Tokio shahri bilan bir xil. Bundan vakillarimiz bo‘lajak Olimpiadadan avval mazkur mintaqa ob-havosiga moslashib olishlari ko‘zda tutilgan. Yig‘inga 10 nafar sportchi, 2 murabbiy va 1 massajchi jalb etilgan.

Text to speech