10 May 2021 1759

Mehmonlar boy o‘zbek madaniyatidan bahramand bo‘lishdi

Ayni kunlarda poytaxtimizda taekvondo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi o‘zi mezbonlik qiladigan yig‘in doirasida yo‘lga qo‘ygan chiroyli anʼanasini davom ettirdi.

Yig‘inda Xitoy Taipeyi, Qatar va Vyetnam kabi mamlakat vakillari ham ishtirok etishmoqda. Muborak Ramazon oyining navbatdagi kuni yakunida mehmonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular uchun o‘zbekona mehmondo‘stlik odatlarini ko‘rsatish maqsadida madaniy tadbir tashkil etildi. Unga yig‘inda qatnashayotgan barcha jamoalar vakillari taklif qilindi. Tadbir davomida mehmonlarga o‘zbek urf-odati, boy tarixiy va madaniy merosi, hukumatimizning sportni qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan eʼtibori haqida batafsil gapirib berildi.

Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozildi. Unda o‘zbek oshxonasining eng tansiq taom va shirinliklari tortilib, mehmonlar bilan baham ko‘rildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga assotsiatsiyaning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Text to speech