10 May 2021 1939

Konkur bo‘yicha “Toshkent viloyati Hokimi kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Toshkent viloyatida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Hokim kubogi tashkil etildi. Mazkur musobaqa 9 may – Xotira va qadrlash kuni doirasida o‘tkazildi.

Musobaqa tashkilotchilari bellashuvlarga martabali mehmon sifatida Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriylarini taklif etishdi. Bahslar yakunida g‘olib va sovrindorlar, faxriylar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. O‘z navbatida, so‘zga chiqqan rasmiylar bugungi osoyishta hayotimiz uchun jonini fido qilgan faxriylarimiz xotirasini yod olib, hozirda hayot bo‘lgan tarixning tirik namoyondalariga minnatdorchilik izhor qildilar.

Musobaqa natijalari:

1-yo‘nalish, 120 sm balandlik
1. Abdushukur Sobirjonov (Toshkent shahri) – “Samira” (ot laqabi)
2. Umid Kamilov (Toshkent shahri) – “Roksi Baja”
3. Saidamirxon Turgunbayev (Toshkent shahri) – “Kastaniya”

2-yo‘nalish, 115 sm balandlik
1. Saidamirxon Turgunbayev (Toshkent shahri) – “Chaman”
2. Xurshidbek Alimdjonov (Toshkent shahri) – “Kondor”
3. A’zam Tolibbayev (Toshkent shahri) – “Klass-iks”

3-yo‘nalish, 110 sm balandlik
1. Madina Xidoyatova (Toshkent shahri) – “Aragon”
2. Saidamirxon Turgunbayev (Toshkent shahri) – “Sherlizteron”
3. Bekzod Kurbanov (Andijon viloyati) – “Lapechio”

4-yo‘nalish, 100 sm balandlik
1. Umar Dadabayev (Toshkent shahri) – “Bukmeker”
2. Dilshod Shokirov (Toshkent viloyati) – “Dorango”
3. Akbar Sharipov (Toshkent shahri) – “Jekson”

Text to speech