10 May 2021 1937

“Kichik Olimpiya o‘yinlari” voha yoshlarida katta qiziqish uyg‘otdi

5-may kuni Qashqadaryo viloyati bo‘ylab “Kichik Olimpiya o‘yinlari” musobaqasiga start berilgan edi. Mazkur musobaqa viloyat yoshlarining yodida uzoq vaqt qoladigan xotiralar ulashdi.

Bir necha kun davom etgan mazkur kichik Olimpiya musobaqalarida viloyatning barcha tuman (shahar)laridagi mahallalardan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan hamda xorijiy davlatlarda istiqomat qilgan mehnat muhojirlari va uyushmagan yoshlardan iborat jamoalar bahs olib bordilar. Maʼlumotlarga ko‘ra, musobaqa ishtirokchilarining 4 065 nafari (shundan 433 nafari xotin-qizlar) sportning 17 turi bo‘yicha yakkalik va jamoaviy bahslarda o‘zaro musobaqalashdi.

Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech