10 May 2021 1869

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Festivalga maktabgacha taʼlim muassasalari ham qo‘shilishdi

Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabr kuni eʼlon qilgan “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Respublikamiz bo‘ylab “Sportni sev, sport bilan yasha!” ommaviy musobaqasi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda butun mamlakatimiz bo‘ylab mazkur musobaqaning navbatdagi oyligi bo‘lib o‘tmoqda.

Rejaga ko‘ra, may oyi Toshkent viloyatida shaxmat-shashka bahslari o‘tkazilyapti. Ana shunday ahamiyatli tadbirlardan biri Nurafshon shahrida tashkil etildi. Unda viloyatning maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar va bolajonlar shaxmat-shashka bo‘yicha bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan bahslarda chirchiqlik Zulxumor Anorboyeva tarbiyachilar o‘rtasida, Yusuf Abdukarimov esa bolalar orasida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari D.Babayev, shuningdek, viloyat Turizm va sport boshqarmasi, MOQ vakillari ishtirok etishdi.

Text to speech