3 Iyun 2023
1015
Dushanbeda 8 nafar dzyudochimiz ishtirok etadi
Dzyudo boʻyicha Dushanbe Gran-prisining ikkinchi kun bahslari start olmoqda. Bugun erkaklar -73 kg va -81 kg, ayollar -63 kg va -70 kg vazn toifasilarida kurashishadi. Ushbu toifalarda tatamiga chiqadigan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari va ularning birinchi bosqichdagi raqiblari bilan tanishing:
-73 kg: Shahram Ahadov – Lukas Riter (Avstriya)
-73 kg: Javohir Saparov – Mirzojamil Ramazonov (Tojikiston)
-81 kg: Hikmatulloh Toʻrayev – Kell Berliner (AQSh)
-81 kg: Muso Sobirov – Anri Egutidze (Portugaliya)
-63 kg: Farangiz Hojiyeva – Dena Pol (Germaniya)
-63 kg: Sevinch Isoqova – Amina Belkadi (Jazoir)
-70 kg: Nodira Yoʻldosheva – Darya Xramoikina (Neytral sportchi)
-70 kg: Shoxista Nazarova – Ying Fen (Xitoy)