10 May 2021 1910

Olga Zabelinskayani tabriklaymiz!

Bugun velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Olga Zabelinskaya tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Zabelinskaya Olga Sergeyevna 1980 yil 10 may kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida tavallud topgan. Veloshosse bo‘yicha London-2012 va Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori. Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Olga Sergeyevna 2019 yil Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatida zafar quchib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Olga Zabelinskayani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech