2 Iyun 2023 537

Shukurjon Aminova Dushanbe Gran-prisi g‘olibi!

Tojikistonda start olgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratgan Shukurjon Aminova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Hamyurtimiz murosasiz kechgan final bahsida italiyalik Tuani Kapanni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu Aminovaning IJF tasnifidagi musobaqalarda qo‘lga kiritgan ilk g‘alabasi. Ushbu oltin medal Shukurjonga jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida esa 350 ochkoni taqdim qiladi.

Text to speech