2 Iyun 2023 432

Omonjon Otajonov yarim finalda!

Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatining navbatdagi kunida yana bir medalni naqd qildi. -54 kg vazn toifasida jang qilayotgan Omonjon Otajonov yarim final yoʻllanmasiga sazovor boʻldi. Hamyurtimiz chorak finalda tailandlik Sarivat Maxamadni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, kamida bronza medalini naqd qildi. Olgʻa, Omonjon!

Text to speech