2 Iyun 2023 422

Aminova finalda, Qadamboyeva bronza medali uchun kurashadi

Dushanbeda start olgan Gran-pri turnirining kechki dasturida medallar uchun kurashadigan sportchilar nomi maʼlum boʻldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili tatamiga chiqadi.

Ahamiyatlisi, kun dzyudochi qizlarimiz uchun atalmoqda. -57 kg vazn toifasida kurashayotgan Shukurjon Aminova Germaniya, Italiya, Xitoy terma jamoasi vakillarini magʻlub etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Uning oltin medal uchun bahsdagi raqibi Italiya termasining yana bir aʼzosi Tuani Kapanni boʻladi.

Shuningdek, -52 kg vazn toifasida yarim finalgacha yetib kelgan Sita Qadamboyeva bronza medali uchun BAA vakilasi Xorlodi Birsheltga qarshi tatamiga chiqadi.

Text to speech