9 May 2021 1866

Bayram munosabati bilan faxriy velosportchilarga ehtirom ko‘rsatildi

Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriy sportchilar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Ularning hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari xususida so‘z yuritilib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetish kerakligi taʼkidlandi.

Faxriy sportchilar aytishganidek, bugungi osoyishta va farovon hayotga erishish uchun qanchadan-qancha bobolarimiz jasorat ko‘rsatib, jang maydonlarida halok bo‘lishgan. Urush atalmish dahshatli bu qirg‘in, xalqimizning, ajdodlarimizning boshiga ne-ne qaro kunlarni solmagan?!

Faxriylar dasturxon atrofida bugungi tinch-osoyishta zamonamizga shukronalar keltirib, Mustaqilligimizning boqiyligi, Prezidentimizning uzoq umri uchun duoga qo‘l ochdilar.

Tadbir yakunida velosport fidoyilariga “O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech