1 Iyun 2023 435

Badiiy gimnastikachilarimizdan Osiyo chempionatida toʻrtta medal

Ayni kunlarda Filippinda badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Reglamentga muvofiq, bugundan dastlabki medallar oʻz egalariga topshirila boshlandi. Quvonarlisi, bugungi bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor boʻldi.

Yoshlarimiz yakkalik hamda guruh mashqlarini oʻz ichiga olgan jamoaviy dastur, guruh mashqlari boʻyicha koʻpkurash yoʻnalishida tengsiz ekanliklarini koʻrsatishdi. Shuningdek, katta yoshdagi qizlarimiz ham jamoaviy yoʻnalishda oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Guruh mashqlarining koʻpkurash dasturida esa kattalar jamoamiz bu gal kumush medal bilan cheklandi.

Text to speech